"Qo'qon-1912": "Sho'rtan"ga qarshi o'yindan oldin jiddiy yo'qotishlar

Narzulla Saydullayev
1 okt 2015, 10:51
Bugun jamoamiz Oliy liga 24-tur doirasida G'uzorning “Sho'rtan” klubiga qarshi maydonga tushadi.

“Qo'qon-1912” jamoasi a'zolari kecha ertalab Qarshi shahriga yetib kelishgan. Biroq tarkibda jiddiy yo'qotishlar bor. “Sho'rtan”ga qarshi o'yin oldidan Otabek Haydarov, Nosir Otaqo'ziev, Nodir Qo'ziboev va Bahodir Akramov kabi o'yinchilarimiz jarohat olib safdan chiqishdi. Shuningdek, oilaviy sabablar tufayli Aziz To'xtaboev ham Qo'qonda qolgan.

Bugun hujum chizig'ida faqat Doniyor Usmonovga umid bog'langan. Shunday bo'lsa-da, murabbiylar shtabi mehmondan ijobiy natija bilan qaytishni maqsad qilishgan.

O'yin bugun  "G'uzor" stadionida soat 16:30da boshlanadi.

Eslatib o'tamiz, oliy liga debyutantlarining birinchi davrada Qo'qonda bo'lib o'tgan uchrashauvida mezbonlar 2:1 hisobida g'alaba qozonishgan.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: kokand1912.uz