“Qo'qon-1912” – “Sho'rtan” prevyu

Narzulla Saydullayev
29 sen 2017, 07:15
Ertaga “Qo'qon-1912” o'z maydonida “Sho'rtan”ga qarshi maydonga tushadi. Mazkur uchrashuvga doir statistik ma'lumotlar bilan tanishing.

Oliy ligadagi oltinchi uchrashuv

“Qo'qon-1912” hamda “Sho'rtan” klublari oliy ligada bugunga qadar besh marta to'qnash kelishgan. O'yinlarning to'rttasida vakillarimiz g'alaba qozongan bo'lsa, bitta bahsda g'olib nomi aniqlanmagan. To'plar nisbati – 13:7 jamoamiz foydasiga. O'zaro o'yinlarda qo'qonliklar 13 ochkoga ega bo'lishgan. G'uzorliklarning bu boradagi ko'rsatkichi 1 ochkoga teng.

2015 yili  16 may kuni Qo'qon shahrida bo'lib o'tgan o'yinda vakillarimiz 2:1 hisobida g'alaba qozonishgan.

2016 yili 26 iyun kuni “Markaziy” o'yingohda o'tkazilgan bahsda futbolchilarimiz raqibni 4:2 hisobida dog'da qoldirishgan.

Hakamlar

Shanba kungi uchrashuvimizni Aziz Asimov boshchiligidagi hakamlar boshqarib borishadi.

Aziz Asimov ushbu mavsumda ikki marta jamoamiz ishtirokidagi uchrashuvda ishlagan. Ushbu referi 2-tur doirasidagi “Obod” – “Qo'qon-1912” o'yinini hamda 15-turdagi “Olmaliq” – “Qo'qon-1912” jamoalari uchrashuvini boshqargan.

Oliy liga
23-tur
Qo'qon-1912 (Qo'qon) – Sho'rtan (G'uzor)
Hakamlar:
A. Asimov (Toshkent), R. Fozilov (Namangan), M. Majidov (Namangan), B. Yulcharaev (Guliston)
Nazoratchi: R. Serazetdinov (Toshkent).
O'zPFL vakili: G. Rtveladze.

Boshlanish vaqtlari

“Qo'qon-1912” – “Sho'rtan” jamoalari o'rtasidagi bahs, shanba kuni, soat 16:00 da boshlanadigan bo'ldi. Ushbu jamoalarning o'rinbosarlar tarkiblari o'rtasidagi uchrashuv esa  bugun soat 15:30da start oladi. Har ikkala o'yin ham Qo'qondagi “Markaziy” stadionida bo'lib o'tadi. Barchangizni “Markaziy” stadioniga taklif qilamiz!

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: kokand1912.uz