“Qo'qon-1912” “Instagram”da rasmiy sahifasini ochdi

7 fev 2015, 19:50
"Qo'qon-1912" futbol klubi "Instagram"da rasmiy sahifasini ochganini ma'lum qiladi.
Yana kuchlilar safiga qaytgan “Qo'qon-1912” jamoasi o'z oldiga jiddiy maqsadlarni qo'ygan xolda, professionallik sari odimlamoqda. Bundan bir oy muqaddam, ishqibozlarimizni klubga oid xabar va yangiliklar bilan bevosita tanishtirib borish uchun rasmiy saytimizdan tashqari, “Facebook”/FC Qo’qon va “Twitter”/@fckokand1912 ijtimoiy tarmoqlarida rasmiy sahifamizni ochgandik.

Navbat “Instagram” ijtimoiy tarmog'iga yetib kelgan edi. Endilikda “Instagram”da fckokand1912 profiliga a'zo bo'lib, klub faoliyati, uchrashuvlardan olingan turli fotosurat va videolar bilan tanishib borishingiz mumkin.  

Sevimli jamoangiz to'g'risida eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'lishni istasangiz, ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimizni kuzatib boring. Biz bilan birga bo'ling va “Qo'qon-1912”ni qo'llab-quvvatlang!

Manba: kokand1912.uz