

Mezbonlar "Andijon" jamoasi qo'qonlik faxriylarni qabul qilishdi. Murosasiz o'tgan o'yinda "Qo'qon-1912" faxriylari 2:0 hisobida g'alaba qozonishdi. Uchrashuvdagi gollarga S.Shokirov hamda A.Ortiqovlar mualliflik qilishdi, "Qo'qon-1912" faxriylari 3ta uyindan 9 ochko jamg'arishdi, to'plar nisbati esa 6:0. Vodiyda o'tgan yana bir uchrashuvda "Neftchi" faxriylari namanganlik futbol faxriylarini 1:0 hisobida dog'da qoldirishdi. Qo'qonlik faxriy futbolchilar navbatdagi o'yinni 4 oktyabr kuni o'z maydonlarilarida andijonlik faxriylar bilan o'tkazishadi.
Akramjon Mamadaliev



