

Shu sababli qo'qonlik futbolchilariga 5 oktyabr kuniga qadar dam berilgandi.
Jamoa kecha tushda Chirchiq shahrida to'plandi. Futbolchilar “Zerom” mehmonxonasida yashab, mashg'ulotlarda ishtirok etishadi. Serbiyalik futbolchi Nikola Valentich ushbu tanaffusdan foydalanib o'z yurtiga borib kelishga ruxsat so'ragan va Chirchiqdagi yig'inga kechroq qo'shiladi. Darko Gojkovich esa jamoa bilan birga.
Tayyorgarlik jarayonida oliy liga klublari bilan nazorat-sinov o'yinlari o'tkazish ham rejaga kiritilgan. Biz bu haqida qo'shimcha malumot etkazamiz.
Jamoamiz navbatdagi turni 14 oktyabr kuni Toshkent shahrida “Lokomotivga” qarshi o'tkazadi.



