"Qo'qon-1912" Aziz Haydarovga qiziqmoqda

Tolibjon Qosimov
4 avg 2018, 11:56
Superliga 20-turi doirasida "Qo'qon-1912" jamoasi Toshkentda "Bunyodkor"ni mag'lub etgan edi.

Ushbu g'alabadan so'ng qo'qonliklar chempionatda birinchi oltitalikka kirish imkoniyatini saqlab qolishdi.

"Qo'qon-1912" klubi "qaldirg'ochlar" yarim himoyachisi Aziz Haydarovga qiziqish bildirmoqda. "Bunyodkor" stadionida kechgan uchrashuv yakunlanganidan keyin jamoa bosh murabbiyi No'mon Hasanovning shaxsan o'zi bu haqda futbolchiga ma'lum qildi. Tomonlar bu taklifni jiddiy ko'rib chiqishadimi yoki yo'q, buni vaqt ko'rsatadi.

O'xshash yangiliklar


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: championat.asia