“Qizilqum” Navoiyda tayyorgarlikni davom ettirmoqda

7 sen 2018, 22:25
Superliga bahslarining ikkinchi bosqichiga qizg'in hozirlik ko'rayotgan “Qizilqum” futbolchilari uch kunlik tanaffusdan keyin bugun Navoiyda mashg'ulotlarga kirishdi.

Navoiyliklar ikkinchi bosqichga tayyorgarlikni Toshkentda boshlashgandi. Poytaxtdagi o'quv-mashg'ulotlar yig'ini davomida “oltinizlovchilar” ikkita nazorat uchrashuvida maydonga tushishdi. “Paxtakor” (3:1) va “Neftchi”ga (2:1) qarshi o'tgan bellashuvlarda futbolchilarimiz g'alabani tantana qilishdi.

Tayyorgarlikning so'nggi bosqichini jamoamiz Navoiyda o'tkazadi.

Superliganing 23-turida “Qizilqum” Jizzaxda “So'g'diyona” mehmoni bo'ladi. O'yin 13 sentyabr kuni soat 20:00 da “So'g'diyona” stadionida boshlanadi.

O'xshash yangiliklar


Manba: "Қизилқум" матбуот хизмати