"Qizilqum" futbolchisi terma jamoadan taklif oldi

Xayrulla Xoliqov
8 noya 2021, 23:58
Xabaringiz bor, O'zbekiston milliy terma jamoasi 8 noyabrdan o'quv-mashg'ulotlarni boshladi.

Shu oydagi FIFA kunlaridan unumli foydalanish maqsadida terma jamoamiz 15 noyabr kuni Gruziya terma jamoasiga qarshi o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazadi. Hozirgina olgan xabarimizga ko'ra, terma jamoa yig'iniga yana bir funbolchi taklif etildi. Bu - "Qizilqum" yarim himoyachisi Islom Kenjaboev

Kenjaboevning 9 noyabrdan mashg'ulotlarga qo'shilishi kutilmoqda. Mashg'ulotning birinchi kunida quyidagi futbolchilar shug'ullandi:

Darvozabonlar - Eldorbek Suyunov ("Paxtakor"), Valijon Rahimov (AGMK), O'tkir Yusupov ("Navbahor").

Himoyachilar - Farrux Sayfiev ("Paxtakor"), Davron Hoshimov ("Navbahor"), Islom Qobilov ("Lokomotiv"), Marlen Chobanov ("Paxtakor"), Doston Tursunov ("Chuncin Lifan", Xitoy), Abdulla Abdullaev ("Bunyodkor").

Yarim himoyachilar - Odil Hamrobekov ("Paxtakor"), Ikrom Aliboev ("Tedjon", Janubiy Koreya), Otabek Shukurov ("Al Sharja", BAA), Abror Ismoilov ("Paxtakor"), Dostonbek Hamdamov ("Paxtakor"), Aziz G'aniev ("Shabab Al Ahli", BAA), Jaloliddin Masharipov ("Al Nassr", Saudiya Arabistoni), Hojimat Erkinov ("Paxtakor")

Hujumchi - Igor Sergeev ("Tobol", Qozog'iston).

O'xshash yangiliklar


Xayrulla Xoliqov Muallif
Manba: championat.asia