Superliga. "Qizilqum" o'z maydonida "Andijon"ni mag'lub etdi

Alisher Ostonov
9 noya 2025
Superliga 28-tur doirasidagi "Qizilqum" – "Andijon" o'yini yakunlandi.

Superliga. 28-tur

"Qizilqum" – "Andijon" 2:1

Bosh hakam: Ilgiz Tantashev

Yordamchi hakamlar: Andrey Sapenko, Timur Gaynullin

Zaxira hakami: Shahboz Azimov

Nazoratchi: Temur Galeev

VAR: Nikita Mustafin

AVAR: Aleksandr Burov

Komissar: Diyor Xotamqulov

Gollar: 1:0 – 1, Kristian Novak (avtogol), 1:1 – 45+4, Damir Temirov (Bektemir Abdumannonov), 2:1 – 72, Shohruz Norxonov (Dushan Miyich)

"Qizilqum": 1.Sanjar Quvvatov (s), 4.Ilhom Vahobov, 7.Davron Anvarov (17.Akmal Muzaffarov, 71), 8.Shahzod Rahmatullaev (6.Murodali Usmonov, 90+2), 11.Jambuli Jigauri (22.Shahzod Turopov, 80), 16.Asror G'afurov, 18.Farhod Bekmuratov, 19.Ilhom Kenjaev (79.Diyor Rahmatilloev, 46), 20.Bobomurod Bozorov, 70.Shohruz Norxonov (2.Kamron Norqulov, 90+2), 88.Dushan Miyich

Zaxira: 30.Farhod Rahmatov, 32.Mustaqim Boboqulov, 33.Sulton Rahmatov, 78.Farruh Jo'raev

"Andijon": 31.Erjan Tokotaev (1.Eldor Adhamov, 18), 2.Abubakir Ashurov, 3.Sunnatulloh Hamidjonov, 5.Abdulvohid G'ulamov, 11.Otabek Jo'raqo'ziev (9.Saidumarxon Saidnurullaev, 76), 18.Damir Temirov (88.Shohjahon Yorqinboev, 76), 22.Usmonali Ismonaliev (28.Bekzod Sulaymonov, 81), 23.Doniyor Abdumannopov, 26.Muhammadkarim Toirov, 27.Kristian Novak, 71.Bektemir Abdumannonov (16.Abdurahmon Abdullaev, 81)

Zaxira: 14.Abdurahmon Komilov, 21.Asadbek Habibullaev, 33.Oleg Zoteev, 99.Muhammadali Usmonov

Ogohlantirish: Shohjahon Yorqinboev (79), Dushan Miyich (82), Abubakir Ashurov (89), Doniyor Abdumannopov (90+3), Muhammadkarim Toirov (90+7)

YANGILASH

O'yin yakunlandi.

90+7. Muhammadkarim Toirov qo'pollik uchun ogohlantirildi.

90+5. Quvvatovga nisbatan fol ishlatildi.

90+3. Abdumannopov qo'pollik uchun ogohlantirildi.

90+2. "Qizilqum"da ikki o'zgarish.

90. Ikkinchi bo'limga ham 6 daqiqa qo'shildi.

89. Ashurov raqib futbolchisini to'xtatib qolgani uchun ogohlantirildi.  

82. Miyich ogohlantirildi.

81. "Qizilqum"da bir, "Andijon"da ikki o'zgarish.

79. Yorqinboev qo'pollik uchun ogohlantirildi.

76. "Andijon"da ikki o'zgarish.

72. GOL! Norxonov "Qizilqum"ni hisobda oldinga olib chiqdi! Mezbonlar hujumchisi Miyichning zarbasi yo'nalishini o'zgartirib, to'p darvoza to'ridan o'rin olishini taminladi.

71. "Qizilqum"da o'zgarish.

70. "Andijon"ning burchak uzatmasi muvaffaqiyatsiz tugadi.

64. Mehmonlar hujumda qo'l bilan o'ynadi.

60. Zarba! Anvarovning raqib jarima maydonidan yo'llagan zarbasiga biroz aniqlik yetishmadi.

54. Zaxiradan tushgan darvozabon Eldor Adhamovga tibbiy yordam ko'rsatilmoqda.

47. Zarba! Jo'raqo'zievning zarbasi himoyachiga tegib, maydonni tark etdi.

46. Ikkinchi bo'lim boshlandi. "Qizilqum"da o'zgarish. 

Taym yakunlandi.

45+4. GOL! Burchak uzatmasidan so'ng Temirov bosh bilan "Qizilqum" darvozasiga to'p kiritdi.

45+2. Temirovning jarimadan uzatmasini Quvvatov egalladi.

45. Birinchi bo'limga 6 daqiqa qo'shildi.

41. G'ulomovga tibbiy yordam ko'rsatildi.

37. Ismonalievning bosh bilan yo'llagan yana bir zarbasiga aniqlik yetishmadi.

34. Ismonalievning jarima maydoni markazidan yo'llagan zarbasi noaniq.

31. Penalti bekor qilindi. Sabab hujum boshlanishida aynan shu ikki futbolchi ishtirok etishgan. Ashurov tepgan to'p Rahmatullaevning qo'liga tekkan. 

28. "Andijon" darvozasiga penalti belgilandi. Rahmatullaev raqib jarima maydonida Ashurov tomonidan yiqitildi.

26. Abdumannonovning zarbasidan so'ng mehmonlar burchak zarbasi ishladi.

21. Zarba! O'ng qanotdan uzatilgan to'pni Ismonaliev bosh bilan darvozaga to'g'rilashga urindi. Quvvatov o'z o'rnida.

20. Miyichning uzatmasidan so'ng Rahmatullaev bosh bilan noaniq zarba yo'lladi.

18. "Andijon"da majburiy o'zgarish.

15. "Andijon" darvozaboni Tokotaevga tibbiy yordam ko'rsatilmoqda. U almashtiriladi.

14. Miyichga nisbatan fol ishlatildi.

6. Temirovning jarimadan yo'llagan zarbasi Norxonovga tegib, maydonni tark etdi.

1. GOL! "Qizilqum" standart vaziyat natijasida ilk daqiqadayoq hisobni ochdi. Dastlab gol ofsayd sababli inobatga olinmadi. Biroq VAR monitori orqali takroriy vaziyatni ko'rgan bosh hakam golni inobatga oldi. Avtogol. Novak jarimadan uzatilgan to'pni bosh bilan o'z darvozasiga to'p kiritdi.

1. O'yin boshlandi.

Jamoalar maydonga chiqishdi. "Qizilqum" qizil, "Andijon" oq libosda harakat qiladi.


Alisher OstonovMuallif
Manba: championat.asia