Qirg'iz Respublikasi bosh murabbiyi Aleksandr Krestinin: "Biz yangi jamoa qurmoqdamiz"

Alisher
24 mar 2022, 12:52
"Navruz Cup-2022" musobaqasi doirasidagi O'zbekiston - Qirg'iz Respublikasi uchrashuvidan oldin Qirg'iz Respublikasi bosh murabbiyi Aleksandr Krestinin matbuot anjumanida qatnashdi.

"Barchaga xayrli kun. Dastlab O'FAga taklif uchun rahmat aytmoqchiman. Menimcha barcha jamoalar uchun Osiyo Kubogi saralashidan oldingi so'nggi tayyorgarlik bo'ladi. Bu yerda ekanimizdan xursandmiz", - dedi Aleksandr Krestinin.


- Qirg'iz Respublikasi terma jamoasi shu paytga qadar O'zbekistonni yuta olmagan. Ertaga imkoniyatlarni qanday baholaysiz? 

- Tarixni o'zgartira olmaymiz, ammo biz yangi tarix yaratishga urinamiz. Ertaga ajoyib va qiziqarli o'yin bo'ladi, bunga shubha yo'q. 

- Ushbu musobaqadagi jamoalarning imkoniyatlarini haqida nima deya olasiz?

- Biz yangi jamoa qurmoqdamiz, 2019 yilgi Osiyo Kubogida o'ynaganlardan ko'pchiligi hozir termada yo'q. Ammo men yoshlarga ishonaman. Qirg'iz Respublikasining imkoniyati katta. 

- O'zbekiston terma jamoasida ko'plab legionerlar bor. Ularga qarshi qanday uslub qo'llamoqchisiz? 

- Ha xorijda o'ynayotgan futbolchilar haqida ma'lumotga egamiz. Ammo qaysidir bitta futbolchiga e'tibor qaratmaymiz, biz O'zbekiston milliy terma jamoasiga qarshi o'ynaymiz. Balki ertaga shu futbolchilar o'ynamas, bilmaymizku to'g'rimi. 

- Namanganda qanday muxlislar borligini bilaman. Terma jamoa doim ham bu yerda o'ynayvermaydi, tribuna to'la bo'ladi deb o'ylayman. Muxlislar bilan to'la stadionda o'ynash hammaga yoqdi. Ertaga 100 foiz shiddatli o'yin bo'ladi. 

- Terma jamoada yo'qotishlar bor. Koronavirus tufayli va jarohat tufayli Namanganga kela olmagan futbolchilar bor. Bu futbolning bir qismi hisoblanadi.


O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: championat.asia