Qashqadaryo viloyati chempionati. 5-tur yakunlari

Narzulla Saydullayev
13 iyun 2017, 17:43
Haftaning dam olish kunlari Qashqadaryo viloyati chempionatida 5- tur uchrashuvlari bo'lib o'tdi.

5-tur maydon egalariga ataldi, boisi 5 ta juftlikning 4tasida mezbonlar g'alaba nashidasini surishdi.

Mazkur turda ham o'tgan turlardagi  kabi ikki bahsda yirik hisoblar qayd etildi.

Qarshi olimpiya zahiralari kollejining “Olimpiya” jamoasi o'z maydonida “Nishon” jamoasi bilan o'zaro bahs olib bordi. Shiddatli o'yinda  Sardor Rahimqulov shogirdlari – olimpiyachilar mavsumning 5-turiga kelib dastlabki g'alabasini tantana qilishdi.  Uchrashuvda 7:2 hisobi qayd etildi.

Chiroqchining “Ko'kdala” jamoasi ham “Olimpiya” jamoasi singari o'z maydonida mavsumdagi ilk g'alabasini qo'lga kiritdi. Ular Qarshining “Binokor” jamoasi bilan kechgan bahsda  yirik  6:3 hisobida ustun kelishdi.

Ushbu turda  peshqadam  “Qarliq”jamoasi  dam oldi  ular ”Nasaf-FM”jamoasiga qarshi bahs olib borish kerak edi.  “Nasaf” futbol maktabi tarbiyalanuvchilari  tayyorlov guruhlari o'rtasidagi O'zbekiston chempionatida ishtirok etayotganligi tufayli,  ushbu tur qoldirildi.  Muborakliklar hamon 12 ochko bilan karvonboshilik qilishmoqda.

QASHQADARYO VILOYATI CHEMPIONATI.

5-tur natijalari. 10 iyun (Yakshanba)

Hisor- Zafar-4:3
Olimpiya-Nishon-7:2
Turon-Novqat-CITY-0:2
Ko'kdala-Binokor- 6:3
Chiroqchi-Qarshi- 4:1
 
NAVBATDAGI UCHRASHUVLAR
6-tur. 16 iyun (Juma)

Semurg'-Olimpiya
Mashal-FM- Turon
Navbahor-Neftchi
Zafar-Ko'kdala
17 iyunSHanba)
Novqat-CITY -Qarliq
Nishon-Qarshi
Binokor-Nasaf-FM
Alanga-Chiroqchi
 
5-turdan  keyingi vaziyat:

O'rin        

Jamoalar

O'yin       

To'plar     

Ochko   

1 “Qarliq” (Mubrak)  4 16-9 12
2 “Novqat-CITY (Kasbi)             
5 12-11 10
3  “Zafar” (Qamashi) 4 12-7 9
4 “Sho'rtan-FM” (G'uzor) 4 10-6 9
5 “Ko'kdala” (Chiroqchi) 5 8-7 9
6 “Chiroqchi” (Chiroqchi) 4 19-13 7
7 “Olimpiya” (Qarshi OZK) 4 10-9 7
8 “Mashal -FM” (Muborak) 4 6-4 7
9 “Hisor” (Shaxrisabz) 4 6-10 7
10 “Nishon” (Nishon) 4 15-9 7
11 “Semurg'” (Yakkabog') 4 5-6 6
12 “Navbahor” (Kasbi) 3 8-3 6
13 “Qarshi” (Qarshi) 4 12-9 4
14 “Alanga” (Koson) 3 4-4 3
15 “Turon” (Qarshi QSKXK) 5 4-12 3
16 “Nasaf-FM” (Qarshi) 3 8-11 2
17 “Binokor” (Qarshi) 5 12-24 2
18 “Kitob” (Kitob) 4 0-12 0


Faxriddin Choriev

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: voha.uz