Pyontek faoliyatini APLda davom ettirishi mumkin

8 yanv 2020, 01:20
"Milan" hujumchisi Kshishtof Pyontek qishki transfer mavsumi yakuniga qadar Angliya chempionatiga yo'l olishi mumkin.

"The Telegraph" nashri xabariga ko'ra, polshalik futbolchi "Aston Villa"ning qiziqishlari doirasiga tushib qolgan. Birmingem klubi hujum chizig'ini kuchaytirishni maqsad qilgan.

Oldinroq bu nuqtaga "Liverpul"ning sobiq forvardi Deniel Starrij taklif qilinishi mumkinligi haqida xabarlar yangragandi.

O'xshash yangiliklar


Manba: The Telegraph