Pyanich Ronaldu va Messi o'rtasidagi farqni aytdi

Eldor Akmurzayev
14 fev 2021
“Barselona” xavbeki Miralem Pyanich “Yuventus”dagi sobiq sherigi Krishtianu Ronalduni hozirgi jamoadoshi Lionel Messi bilan solishtirdi.

“Krishtianu o'zining barqarorligi va professionalligi bilan e'tiborni tortadi. U o'z maqsadlariga erishish uchun harakat qiladi – gollar, g'alabalar va statistikaga. Leoning o'yini esa bu sanat asari, tug'ma istedod. Uning o'yinlari kuzatish maroqli, bu sehrgarlik. U “Barselona”da qolishini barcha xohlaydi”, deydi Miralem.

Messi joriy mavsum La Ligada 20 bahsda qatnashib, 15+2 natijaga erishdi. A Seriyada 18 o'yinda maydonga tushgan Ronaldu esa 16 ta gol urdi va 2 pasni o'z hisobiga yozdirdi.


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: Telefoot