Pulishich APLning so'nggi 3 o'yinida 5 gol urdi

Mirjalol Normatov
9 noya 2019, 20:43
"Chelsi" hujumchisi Kristian Pulishich APLning 12-turi doirasida "Kristal Pelas" darvozasiga gol kiritdi.

21 yoshli xavbek Angliya chempionatining ketma-ket uch o'yinida gol kiritgan to'rtinchi amerikalikka aylandi. Bunga qadar bunday natijani Klint Dempsi (uch bora), Jo-Maks Mur va Roy Vegerle qayd etishgan.

Pulishich bunga qadar "Bernli"ga (4:2) qarshi o'yinda xet-trik qayd etib, "Uoftord" darvozasini ishg'ol qilishga ulgurgandi.

Ushbu mavsusmda u jamoasi tarkibida 14 o'yinda qatnashib, 5 gol urdi va 6 golga assistentlik qildi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Express