PSJga Mourinyo varianti qiziq ko'rinmoqda

Aziz Tukhtamuradov
18 fev 2023
PSJ klubi maslahatchisi Luish Kampush Joze Mourinyo bilan PSJga o'tish variantini muhokama qildi.

Avvalroq Parij klubining bir necha futbolchilari Kristof Galtening darajasiga shubha bilan qaray boshlaganliklari xabar qilingandi. Shu sababli, klub rahbariyati vaziyat yomonlashgan taqdirda nima qilish haqida o'ylashni boshlagan. 

PSJda murabbiy almashtirish mavzusi boshlanganda doimo Mourinyo varianti yodga olinadi. 

Hozircha PSJ bu borada "Roma"ga aloqaga chiqmagan. Ammo parijliklar klubi prezidenti Nosir al Helayfi va "Roma" xo'jayini Den Fridkin o'rtasidagi munosabatlar juda ajoyib.

Mourinyoning "Roma" bilan shartnomasi 2024 yilda o'z yakuniga etadi. 


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: Foot Mercato