PSJdagilar Pogbani 50 million evroga sotib olishga ishonishyapti

Sherzod Nurmatov
24 iyul 2021, 20:12
"Manchester Yunayted" xavbeki Pol Pogba PSJga o'tishi mumkin.

The Telegraph ma'lumotiga ko'ra, MYU parijliklardan taklif kutmoqda. O'yinchining agenti Mino Rayola allaqachon klub bilan shartnoma shartlarini kelishish bilan band.

PSJdagilar esa MYU Pogbani 50 million evroga sotishiga ishonishyapti. Fransiyalikning amaldagi shartnomasi kelasi yozda tugaydi va u kelishuvni uzaytirishni istamayapti.

MYU Pogbani sotgan taqdirda "Renn" a'zosi Eduardo Kamavingani qo'lga kiritishga urinadi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: The Telegraph