

Turin klubiga argentinalik Leandro Paredes kelishi, teskari yo'nalishda Parijga esa Emre Jan yo'l olishi mumkin. Ma'lum bo'lishicha, tomonlar allaqachon aloqaga chiqqan. 25 yoshda bo'lgan ikkala futbolchi ham ushbu kelishuvga qarshi emas.
Ma'lumot uchun, Jan “Yuventus”ga bepul asosda “Liverpul”dan kelib qo'shilgan. PSJ esa Paredes uchun “Zenit”ga 40 mln evro to'lagan. Ikkala futbolchi ham jamoalarida asosiy tarkib o'yinchisiga aylana olmadi.



