PSJ Matyuidi uchun "Yuventus"dan 40 mln. evro talab qilyapti

Aslanov Jasurbek
31 iyul 2016, 14:16
"Yuventus" PSJ yarim himoyachisi Blez Matyuidini xarid qilishga qiziqish bildirmoqda.

Ma'lumotlarga ko'ra, turinliklar unda Pol Pogbaning o'rinbosarini ko'rmoqda.

Italiya chempioni fransiyalik uchun 30 mln. evro va bonuslar taklif qilmoqda, parijliklar esa 29 yoshli futbolchi uchun 40 mln. evro talab qilyapti.

"Yuventus" bosh direktori kelasi yil 30 yoshga to'ladigan futbolchiga buncha pul to'lashga rozi bo'lmasligi mumkin.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Calciomercato.com