PSJ Ikardini olib qolishga tayyor, faqat...

9 may 2020, 08:25
Parijliklarni Mauroning narxini tushirish istagida.

PSJ “Inter”dan ijaraga olingan argentinalik hujumchi Mauro Ikardini jamoada olib qolishga tayyorligini ma'lum qilgan. Faqat parijliklar Ikardining transfer narxini tushirishni xohlamoqda. Buning uchun klub “Inter”ga Yulian Drakslerni taklif qilmoqchi. Nemis futbolchisi ayni damda 20 mln evroga baholanmoqda. Biroq uning o'zi Parijda qolish istagini bildirgan.

Joriy mavsum Mauro Ikardi PSJ safida Liga 1 ning 20 ta o'yinida 12 ta gol urdi.

O'xshash yangiliklar


Manba: La Gazetta dello Sport