PSJ YCHL guruh bosqichida barchadan ko'proq pul ishlaydi

Aziz Tukhtamuradov
22 sen 2023, 07:20
Parijning PSJ klubi Yevropa chempionlar ligasining guruh bosqichida TV huquqlari sabab qolganlarga qaraganda ko'proq pul ishlaydi.

The Telegraph nashriga ko'ra, PSJ mukofot pullarini qo'shmaganda 6 ta o'yin uchun 75 million evro ishlaydi. Bu ikkinchi o'rindagi "Bavariya"dan 8,5 million evroga ko'p (66,5 million).

Uchinchi o'rindan "Manchester Siti" (64,5 million) joy olgan bo'lsa, undan keyin "Real" (62, 7 million) va "Barselona" (63,1 million) bor. 

Jamoalar translyatsiyaning o'zidan mana shunday miqdordagi pulga ega bo'ladilar.

O'xshash yangiliklar


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: The Telegraph