PSJ bugun yirik transfer haqida e'lon qilishi mumkin

Aslanov Jasurbek
31 yanv 2019
PSJ qishki transfer oynasining so'nggi kunida (31 yanvar) xarid amalga oshirmoqchi.

Ma'lumotlarga ko'ra, Fransiya klubi "Chelsi"ning yarim himoyachisi Villianni sotib olmoqchi. Parijliklar jarohat olib, 10 haftaga safdan chiqqan Neymar o'rnida uning hamyurtini o'ynatmoqchi.

Villianning PSJga o'tishi oson bo'lmaydi, chunki "Chelsi" u bilan xayrlashmoqchi emas.

30 yoshli Villian 2013 yilda "Anji"dan "Chelsi"ga o'tgan edi. Ingliz klubi yarim himoyachini xarid qilish uchun rossiyaliklarga 35,5 mln. evro to'lagan.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Sky Sports