Prevyu. "Qizilqum" - "Andijon"

Narzulla Saydullayev
25 apr 2015, 10:30
Yuriy Lukin boshchiligidagi "Qizilqum" klubi Navoiyda Edgar Gess boshqarayotgan "Andijon" klubini qabul qiladi.
Qizilqum (Navoiy) – Andijon (Andijon)
25 aprel 2015. Navoiy. “Yoshlar” stadioni. 18:00
Hakamlar:
SH.Qosimov, A.Usmonov, S.Shoyusupov, SH.Qayumov.
Nazoratchi: R.Aytekov.

“Qizilqum” va “Andijon” oliy ligada jami 26 bora to'qnash kelishgan. Natijalar “Qizilqum”ning ustunligini ko'rsatmoqda. Navoiyliklar 13 ta o'yinda g'olib bo'lishgan. 2ta o'yinda durang qayd etilgan. 11 uchrashuvda esa “Andijon” zafar quchgan. To'plar nisbatida ham “Qizilqum” oldinda - 45:38. O'zaro o'yinlarda “Qizilqum” 41 ochkoni, “Andijon” esa 35 ochkoni  qo'lga kiritgan.

“Qizilqum”ning o'zaro o'yinlarda qozongan eng yirik g'alabasi – 6:2 ga teng. “Andijon”da bu ko'rsatkich 5:1 bo'lib turibdi.

O'tgan yil Navoiydagi uchrashuv taqdirini bitta gol hal qilgandi. Sherali Jo'raevning ikkinchi bo'limda urgan goli “Qizilqum”ga g'alaba keltirgandi – 1:0. “Andijon” esa o'z maydonida Abdulatif Abduqodirov va Aziz Ibragimovning gollari evaziga 2:0 hisobida zafar quchgan.

“Qizilqum” maydonida o'tgan so'nggi besh uchrashuv:

23.03.2014  Qizilqum – Andijon  1:0
15.06.2012  Qizilqum – Andijon  1:2
13.08.2011  Qizilqum – Andijon  2:0
15.05.2010  Qizilqum – Andijon  2:1
26.09.2009  Qizilqum – Andijon  1:0

O'zaro o'yinlar haqida fakt : “Andijon” klubi o'z tarixida “Qizilqum” maydonida bo'lib o'tgan 13ta o'yinning bittasida g'olib bo'lgan (2012) va bir bor durang (2008) o'ynagan. Qolgan 11 uchrashuvda Navoiy klubi o'z uyida muvaffaqiyatga erishgan.   

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia