Prandelli Urugvayga qarshi o'yinni faoliyatidagi eng muhimi deb hisoblaydi

Aziz Tukhtamuradov
23 iyun 2014, 21:44
Italiya terma jamoasi bosh murabbiyi Chezare Prandelli Urugvayga qarshi o'yin faoliyatidagi eng muhim o'yinlardan biri bo'lishini aytib o'tdi.
Italiya va Urugvay terma jamoalari o'rtasidagi o'yin ertaga "Arena das Dunas" stadionida bo'lib o'tadi.

"Bu faoliyatimdagi muhim o'yin. Biz o'zimizga ishonishimiz zarur. Kosta-Rikaga qarshi o'yinni unutib, Urugvayni yutishni istaymiz", - deya Prandellining so'zlaridan iqtibos keltirmoqda Italiya OAVlari.

Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: championat.com