Pol Skoulz MYUda ishlashni istamadi

Narzulla Saydullayev
7 iyul 2013, 22:54
Manchester Yunayted sobiq yarim himoyachisi Pol Skoulz Devid Moyesning murabbiylar shtabiga kirishni istamadi, deb xabar bermoqda Sky Sports.
Pol bizga katta yordam berishi mumkin edi, - deydi Moyes. - Men u bilan bir yoki ikki soat telefon orqali gaplashdim, uni murabbiylar shtabiga kirishga ko'ndirmoqchi edim. Biroq Skoulz futboldan kichik tanaffus olmoqchi ekanini va oilasiga ko'proq e'tibor qaratmoqchi ekanini aytib o'tdi.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: football.kulichki.net