Pogba: "MYU tabassum bilan o'ynamoqda"

Mirjalol Normatov
26 yanv 2019, 21:07
"Manchester Yunayted" yarim himoyachisi Pol Pogba Angliya Kubogi doirasida "Arsenal" ustidan qozonilgan g'alabadan keyingi fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

"Urilgan gollardan birgalikda zavq olyapmiz, birgalikda himoyalanish yoqmoqda. Biz juda erkin va yuzda tabassum bilan o'ynayapmiz. Barchamiz bir maqsadda chiqyapmiz, shu orqali natijalarga erishish oson bo'lmoqda. Shunday ishlashda davom etishimiz kerak. Albatta, barchasi zo'r, g'alabalarga erishyapmiz, shu boisdan biz futbolni sevamiz. Navbatdagi o'yinlar juda ham qiyin bo'ladi", - dedi Pogba.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: The Guardian"