Pochettino: "Monako" bilan bahsda o'z xatolarimiz qimmatga tushdi"

Aslanov Jasurbek
15 sen 2016, 11:59
"Tottenxem" bosh murabbiyi Maurisio Pochettino "Monako"dan uchralgan mag'lubiyat (1:2) haqida fikr bildirdi.

"Xato qilsang, ular qimmatga tushadi. Bugun shunday bo'ldi. Raqib bor-yo'g'i ikkita zarba berdi, "Monako" qarshi hujumlarda o'ynadi. Biz imkoniyatlar yaratdik, ammo ulardan foydalana olmadik. O'yinimizni kuchaytirishimiz lozim.

Juda xafaman. Biz o'zimizga e'tibor berishimiz kerak, chunki xatolarimiz tufayli mag'lub bo'ldik. Hujumda agressivroq o'ynashimiz lozim. Bu endi birinchi bahs bo'ldi, lekin tezda o'yinimizni yaxshilashimiz kerak" - deydi Pochettino.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.com