Pishur – yakka peshqadam

25 okt 2013, 11:59
“Guliston” jamoasi darvozasiga kiritilgan uchta golning biriga Oleksandr Pishur mualliflik qildi.
Uchrashuvning 81-daqiqasida Alibobo Rahmatullaev tomonidan etkazib berilgan to'pni Pishur kuchli zarba bilan darvoza to'riga joylab qo'ydi. Bu Sashaning chempionat doirasidagi 18-goli sifatida qayd etildi. O'tgan turda “Olmaliq” darvozasini ishg'ol qilib, to'purarlar poygasida Farhod Tojiev bilan tenglashib olgan ukrainalik hujumchi 23-turdan so'ng yakka peshqadam bo'lib oldi.

Manba: championat.asia