Peru chempionati to'xtatildi

Aslanov Jasurbek
14 okt 2017, 18:45
Peru futbol federaaciyasi milliy chempionat o'yinlarini 20 oktyabrdan 15 noyabrgacha to'xtatish borasida qaror qabul qildi.

Ma'lumotlarga ko'ra, bunday qaror qabul qilinishiga Peru terma jamoasining JCH-2018 saralash o'yinlari doirasida Yangi Zelandiya bilan o'ynashi sabab bo'lgan. Milliy jamoa murabbiylar shtabi shu yo'l bilan bahsga qo'shimcha tayyorgarlik ko'rmoqchi.

Peru va Yangi Zelandiya o'rtasidagi o'yinlar 6 va 14 noyabr kunlari bo'lib o'tadi. Peruliklar 1982 yildan beri mundialda ishtirok etmay kelishayotgandi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Clarin