

"Hech kimni ayblamoqchi emasman. Zidan "Real"da ajoyib natijalarga erishdi. Ammo men tushunmaydigan narsalar bor. Nega jamoadan yo'q bo'lib qolganimni tushunmadim. "Real" va rahbariyat bilan xayrlashganim yo'q, ular ketishimni mendan oldin bilishgan" - deydi Pepe.
Pepe so'nggi mavsum "Real" safida 13 ta uchrashuvda maydonga tushib, 2 ta gol urdi va 1 ta golli pas berdi.


