

"Ertaga nima bo'lishini bilmayman, lekin hozirgi narx-navoda hech qanday forvard sotib olmaymiz. Buning imkoni yo'q. Bunday xarajatlar bizga to'g'ri kelmaydi. Barcha klublar moliyaviy muammolarga duch kelgan, biz bundan mustasno emasmiz.
Bugungi kunga kelib, bo'lajak transfer oynasida hujumchi sotib olmasligimizning ehtimoli yuqoriroq, – dedi Gvardiola.
Avvalroq "Man Siti"ning "Borussiya" hujumchisi Erling Xoland, "Inter" forvardi Romelu Lukaku yoki "Tottenxem" yetakchisi Xarri Keynni sotib olishga harakat qilishi aytilgandi.



