

Sky Sports nashri ma'lumotlariga ko'ra, Londonning "Chelsi" klubi yarim himoyachisi Pedroning jamoani tark etishga yaqin. Jamoadan transfer taqiqi olib tashlangach, Frenk Lempard 32 yoshli futbolchining xizmatlariga ehtiyoj sezmaydi. Angliyalik murabbiy jamoaga yangi vinger jalb qilmoqchi.
Ma'lumotlarga qaraganda, "Aston Villa" ispaniyalik futbolchi bilan qishdayoq shartnoma imzolashni rejalashtirmoqda.




