Pedro "Barselona"ga qaytishi mumkinligiga ishora qildi

24 mar 2020, 23:09
Ispaniyalik futbolchi "ko'k-anorranglilar" lageriga ko'chib o'tishi mumkin.

"Chelsi" xavbeki Pedro Rodriges faoliyatini "Barselona"da davom ettirishi mumkinligini inkor qilmadi:

"Barselona"ga nisbatan hissiyotlarimni barcha biladi, xabari bor. Kataloniyaliklar bilan doimiy aloqada bo'lib turaman. Doim takidlaganimdek, fursati etganda "Barsa"ga qaytishim mumkin.

Ko'p yillar davomida "Barselona"da bo'lib, u yerda katta tajriba orttirdim. Kataloniyada muxlisar meni yaxshi ko'rishlarini his qilaman. Takidlaganimdek, qaytish varianti bor. Ammo buni hali muhokama qilib ko'rish kerak".

Eslatib o'tamiz, ispaniyalik futbolchi 2005-2015 yillarda katalon klubi sharafini himoya qilgach, Londonga ko'chib o'tgandi.

O'xshash yangiliklar


Manba: BBC