

Qarshida "Nasaf" Toshkentning "Paxtakor" klubini qabul qiladi. Mazkur bahsda "sherlar" sardori Dragan Cheran sariq kartochkalari soni 4taga etgani bois maydonga tusha olmasligi haqida xabar bergandik. Bugun "Paxtakor" delegaciyasi Qarshi shahriga yetib bordi. Legionerlar Mettyu Stinvorden va Mixal Kuxarchik Qarshiga borishmadi.
Stinvorden Namanganda "Navbahor"ga qarshi bahsning tanaffusida jarohat sabab almashtirilgandi. Kuxarchik esa jarohati bois Namanganga ham bora olmagandi.
Eslatib o'tamiz, "Nasaf" - "Paxtakor" uchrashuvi 15 avgust kuni soat 19:00da Qarshidagi "Markaziy" stadionda boshlanadi.



