"Paxtakor": OAV xodimlari diqqatiga

Narzulla Saydullayev
26 mar 2014
"Paxtakor" FK matbuot xizmati OAV diqqatiga ushbu bildirishnomani taqdim etadi.
"Paxtakor" 29 mart joriy mavsumdagi birinchi uy o'yinini "Qizilqum"ga qarshi uchrashuv bilan boshlaydi. Bellashuvga tashrif buyurish jarayonida tushunmovchilikka duch kelib, stadionga kira olmay qolmaslik uchun o'zingiz bilan PFL tomonidan 2014 yilgi mavsum uchun berilgan akkreditatsiyadan foydalanishingizni so'raymiz. Shunda siz stadion media tribunasidan o'rin olib, o'yindan keyingi matbuot anjumaniga kirish hamda boshqa qulayliklardan foydalanish imkoniyatiga ega bo'lasiz. Avvalgi yil uchun berilgan yoki boshqa musobaqalar akkreditatsiyasi bilan media tribunadan joy olishga yo'l qo'yilmadi.

OAV xodimlarining stadionimizga tashrifi va jamoa o'yinlarini yoritib borishidan xursandmiz.


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: pakhtakor.uz