Quyida mazkur uchrashuv bilan bog'liq bazi ma'lumotlarni keltirib o'tamiz.
- "Paxtakor" OCHLda 12-bor ishtirok etmoqda. Bu musobaqaning rekordi hisoblanadi. "Al Ayn" esa o'ninchi marta OCHLda to'p surmoqda.
- Har ikkala jamoa 2010 yil bir guruhda kurash olib borgan va har ikkala o'yinda ham "Paxtakor" g'alaba qozongan: uyda 3:2, safarda 1:0.
- "Paxtakor" tarkibida Igor Sergeev bilan Kaxi Maxaradze ikkitadan gol urgan holda jamoaning eng yaxshi to'purarlari bo'lib turishibdi.
- 2010 yil "Paxtakor" "Al Ayn"ga qarshi kurash olib borgan paytda Stanislav Andreev, Sherzod Karimov, Kamoliddin Tojiev va Murod Xolmuhamedov singari futbolchilar harakat qilishgan. Bilasiz, bu o'yinchilar hozir ham "Paxtakor" a'zosi hisoblanadi.
- "Paxtakorchilar"dan Igor Sergeev, Egor Krimec va Davron Hoshimov hisobida bittadan sariq kartochka bor. Agar ular yana ogohlantirish oladigan bo'lsa, navbatdagi turni o'tkazib yuborishadi.
- "Paxtakor" oliy ligani o'z maydonida "Olmaliq"qa qarshi 1:1 hisobidagi durang bilan boshladi.
- "Al Ayn" bungacha ikki marta O'zbekistonga kelgan. 2006 yil jamoa "Mashal"ga qarshi 1:1 o'ynagan bo'lsa, 2010 yilgi mavsumda "Paxtakor"dan 2:3 hisobida mag'lub bo'lgan.
- "Al Ayn" klubining besh nafar futbolchisi - Muhammad Abdulrahmon, Mohanad Salem, Li Myung Ju, Ahmed Barman va Saeed Musabbeh hisobida bittadan sariq kartochka mavjud.
- "Al Ayn" milliy chempionatda juma kuni "Al Dafra" mehmoni bo'lib, 1:1 hisobini qayd etdi.
X.Xoliqov tayyorladi.