Paxtakor-1997 Prezident Kubogi turniridagi ishtirokini boshladi

Narzulla Saydullayev
12 sen 2013, 19:01
Jasur Abduraimov qo'l ostidagi Paxtakor futbol akademiyasining 1997 yilda tug'ilgan futbolchilardan iborat jamoasi Turkmaniston poytaxti Ashxobodda har yili ananaviy tarzda o'tkaziladigan Prezident Kubogi turnirida bahslarga kirishdi.
11 sentyabr kuni Paxtakor-1997 musobaqadagi ilk uchrashuvida Belarus terma jamoasiga qarshi maydonga tushdi va 2:1 hisobida g'alaba qozondi. Abduraimov shogirdlari turnirdagi 2-tur uchrashuvida Tojikiston o'smirlariga qarshi to'p sursalar, 3-turda Rossiya o'smirlar terma jamoasi Paxtakorga raqiblik qiladi.

Musobaqaning ikkinchi guruhida Turkmaniston, Qirg'iziston, Eron va Kuvayt o'smirlar terma jamoalar to'p surishmoqda.

Reglamentga ko'ra, guruhlarda dastlabki 2ta o'rinni egallagan jamoalar yarim finalga chiqib, final yo'llanmasi uchun kurashadilar.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: the-uff.com