Parti yozda "Arsenal"dan kyetishi mumkin

Оқил Абдубарноев
18 iyun 2023
"Arsenal"ning ganalik yarim himoyachisi Tomas Parti yozda "kanonirlar"ni tark etishi mumkin.

Jurnalist Fabricio Romanoning yozishicha, yarim himoyachiga turli klublar qiziqish bildirmoqda. Futbolchining amaldagi shartnomasi 2025 yilning iyunida yakuniga etadi va shu kungacha uni uzaytirish borasida muzokaralar olib borilmayapti. Shuningdek, "Arsenal"ning Deklan Raysni jamoaga olib kelmoqchi.

Eslatib o'tamiz, Tomas Parti 2020 yil "Atletiko Madrid"dan London klubi ko'chib o'tgandi. O'tgan mavsumda ganalik futbolchi barcha musobaqalarda 40 ta o'yin o'tkazib, 3 ta gol urgan. 

Transfermarkt portali 30 yoshli yarim himoyachini 38 million evroga baholamoqda.


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: twitter.com/FabrizioRomano