Ozilga "Barselona" qiziqsa, transferni "Real" hal qiladi

Aslanov Jasurbek
25 yanv 2016, 12:33
Futbol sirlarini oshkor qiluvchi "Football Leaks" yana bir g'aroyib sirni omma e'tiboriga havola qildi.

Bu safar yarim himoyachi Mesut Ozilning "Real"dan "Arsenal"ga o'tishi shartnomalaridagi qiziq bandlar e'lon qilindi.

2013 yilda ko'plab futbol yangiliklari saytlari Ozilning 42,4 mln. funt sterling to'lagani haqida ma'lum qilgan edi.

Bu mablag' to'g'ri ekanligi tasdiqlandi, ammo "Arsenal" nemis futbolchisi uchun 44 mln. evroni uchga bo'lib to'laydi va jamoa Chempionlar ligasida 6 yil qatnashsa "to'pchilar" yana 6 mln. evro (har mavsumga 1 mln. evrodan) to'lashi kelishilgan edi.

Dollar va evroning hozirgi kursiga e'tibor bersak, "Arsenal" Ozil uchun to'laydigan 50 mln. evro 38 mln. funtga aylanadi.

Ozilning shartnomasida bundanda qiziq shartlar bor. 4-bandga ko'ra, agar "Arsenal" Ozilni boshqa klubga sotishni reja qilsa, avvaliga ular yarim himoyachini "Real"ga taklif qilishlari shart.

"Real" 48 soat ichida o'z qarorini e'lon qiladi va futbolchining kelgusi faoliyati "Qirollik klubi" qo'llarida bo'ladi.

Agar "Barselona" 2016 yilning yozida Ozilni xarid qilmoqchi bo'lsa, "Real" Mesutni Kataloniya klubiga bermasdan, o'zi sotib olishi mumkin. Ammo FIFA "Qirollik klubi"ga nisbatan sankciyalar qo'llagan. Xo'sh, endi nima bo'ladi?

Kelishuvning 4,5 bandiga ko'ra, "Arsenal" Ozilni 50 mln. evrodan ko'proq mablag'ga sotadigan bo'lsa, bu pullarning 33% "Real" hisobiga o'tkazilishi kerak.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.asia