"O'zDongJu" yig'inida asosan yoshlar

Narzulla Saydullayev
22 fev 2014
Bir necha yillik tanaffusdan so'ng nihoyat "O'zDongJu" yana birinchi ligaga qaytdi.
Bundan mahalliy muxlislar xursand. Chunki bu jamoa qisqa vaqt ichida ishqibozlarni o'ziga jalb eta olgandi. Andijondagi rang bo'yoq ishlab chiqarish zavodi jamoasi bo'lmish "O'zDongJu" bu yil birinchi ligada ishtirok etish niyatida tayyorgarlikni o'z qarorgohida boshlab yuborgan.

Hozircha mashg'ulotlarni ushbu jamoada uzoq yillar mobaynida faoliyat ko'rsatib kelayotgan Foziljon Boborahimov o'tkazmoqda. Bu murabbiy ilgari jamoaning ikkinchi ligada ishtirok etgan vaqtda ham futbolchi sifatida o'ynagan. Shu bois rahbariyat bosh murabbiylikka aynan Boborahimovni tayinlagani bejiz emas albatta. Aytishlaricha, "O'zDongJu"ning tarkibi asosan yoshlardan iborat. Jamoaning asl maqsadi ham shahardagi futbolga ixtisoslashtirilgan maktab-internatidan yetishib chiqayotgan iqtidorlarni katta futbolga kirib kelishida o'z yo'lini topib olish uchun o'ziga xos tramplin vazifasini o'tab berishdir.

Shuning uchun ayni paytda Sho'rbuloq dahasida joylashgan futbolga ixtisoslashtirilgan maktab-internatning maydonida o'tayotgan yig'inda asosan mazkur dargoh bitiruvchilari ishtirok etmoqda. Bugun jamoa Sho'rbuloqdagi sun'iy qoplamali maydonda "Andijon" yoshlari bilan sinov-nazorat bahsida maydonga tushadi.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia