O'zbekistonlik hujumchi Iroq klubiga o'tdi

Iskandarov Abdulaziz
4 fev 2026, 11:16
Iroq chempionatida to'p tepadigan legionerlarimiz soni yana bittaga ko'paydi.

O'tgan mavsumda "Qo'qon-1912" libosida to'p tepgan hujumchi Jasur Xolto'raev Iroqning "Al Najaf" klubiga o'tdi. 28 yoshli forvard 2025 yil Superligada 26 ta o'yinda maydonga tushdi va 3 ta gol urdi. U faoliyati davomida "Sho'rtan", "Surxon", "Metallurg", "Qizilqum", "Buxoro" jamoalari sharafini himoya qilgan. 

Ma'lumot uchun, ayni paytda Iroqda Sherzod Temirov, Marlen Chobanov, Murod Bobojonov, Baxtiyor Qosimov, Jamoliddin Hikmatov o'ynamoqda.

O'xshash yangiliklar


Iskandarov AbdulazizMuallif
Manba: mnbr_najaf