O'zbekistonlik hakamlar xalqaro seminarlarda qatnashmoqda

Narzulla Saydullayev
28 noya 2017, 11:01
Shu kunlarda BAAning Abu Dabi shahrida FIFA tomonidan 2018 yilda o'tkaziladigan Jahon Chempionatiga saralangan 36 nafar hakamlarning o'quv-mashg'ulot yig'ini o'tkazilmoqda.

Ushbu yig'inda o'zbekistonlik FIFA referisi Ravshan Ermatov ham qatnashyapti. O'quv-mashg'ulot yig'ini 30 noyabrga qadar davom etadi.

Shuningdek, 25-30 noyabr kunlari BAAning Dubay shahrida OFK tomonidan hakamlar uchun seminar tashkillashtirilgan bo'lib, u yerda o'zbekistonlik hakamlar attestaciyadan o'tishmoqda. Attestaciya davomida hakamlar jismoniy tayyorgarlik bo'yicha test sinovlari topshirishadi, futbol o'yini qoidalari bo'yicha nazariy imtihon va videomateriallar asosida tayyorlangan testlardan o'tishadi.

Ushbu seminarda O'zbekistondan Asimov Aziz, Qosimov Sherzod, Shodmonov Husniddin, Serazetdinov Ruslan, Gaynullin Timur, Sapenko Andrey, Usmonov Alisher, Mirabidova Edita, Sidorova Anna, Rahmatova Zilola va Sereda Kristina qatnashmoqda.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: the-uff.com