O'zbekistonlik hakamlar Osiyo o'yinlarida uchrashuvlarni boshqarishadi

Narzulla Saydullayev
14 avg 2018, 11:56
Xabaringiz bor, yana to'rt kundan so'ng Indoneziyaning Jakarta va Palembang shaharlarida XVIII Osiyo o'yinlari rasman start oladi.

Bazi sport turlarida esa bahslar allaqachon boshlanib ketgan.

Jumladan, futbol bo'yicha bellashuvlarda birinchi tur uchrashuvlari bo'lib o'tmoqda. Ushbu uchrashuvlarda o'zbekistonlik hakamlar ham faoliyat olib borishadi. Erkaklar o'rtasidagi musobaqalarda ishlash uchun Aziz Asimov va Ruslan Serazetdinov, ayollar o'rtasidagi musobaqalarga esa  Anna Sidorova va Zilola Rahmatova O'zbekistondan taklif etilgan.
 
Bugun 14 avgust kuni bo'lib o'tadigan BAA – Suriya uchrashuvida Aziz Asimov bosh hakam sifatida ishlasa, Ruslan Serazetdinov unga qanotda yordam beradi. Yana bir yordamchi hakam Zamirbek Chinnibekov Qirg'iziston vakili.
 
 
Osiyo o'yinlari “S” guruhi
14 avgust
BAA – Suriya
Bosh hakam:
Aziz Asimov
Laynsmenlar: Ruslan Serazetdinov, Zamirbek Chinnibekov (Qirg'iziston)
To'rtinchi hakam: Timur Fayzulin (Qirg'iziston)

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: ufa.uz