O'zbekistonlik ayol hakamlar U-16 Osiyo chempionati saralashidan o'rin olgan o'yinlarni boshqarishadi

Narzulla Saydullayev
26 fev 2019, 12:58
Xabaringiz bor, o'zbekistonlik hakamlar muntazam ravishda xalqaro musobaqalardan o'rin olgan uchrashuvlarni boshqarish uchun taklif etilmoqda.

Jumladan, o'zbekistonlik Edita Mirobidova va Kristina Sereda U-16 Osiyo chempionati saralashidan o'rin olgan o'yinlarni boshqarishadi. Ular "B" guruhidan o'rin olgan uchrashuvlarda ishlash uchun Myanmaning Yangon shahriga uchib ketishdi.

Saralash bahslari 28 fevral - 6 mart kunlari bo'lib o'tadi.
 

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: ufa.uz