O'zbekistonda "Best Sport Media" kompaniyasi ish boshladi

Nadirkhuja Yuldashev
13 fev 2017, 16:25
Mazkur kompaniya O'zbekistonda bolalar sportini rivojlantirishni o'z oldiga bosh maqsad qilib qo'ygan.

Kompaniya uchta turdagi faoliyat bilan shug'ullanadi. 3 yildan buyon "Championat.asia" sayti tomonidan o'tkazib kelinayotgan bolalar futboliga oid festivallar, endi mazkur kompaniya tomonidan o'tkazilinadi. "CA" esa bu musobaqalarning axborot hamkori bo'ladi.

1. Sport federatsiyalari bilan hamkorliklni yo'lga qo'ygan holda, hamkor tashkilotlar bilan bolalar o'rtasida turli musobaqalar, kuboklar va festivallar o'tkazish.

2. Professional va havaskor sport tashkilotlariga foto xizmat ko'rsatish (pul o'tkazish yo'li bilan). Mazkur ishni, ko'p yillar davomida sport fotojurnalistikasida faoliyat olib borgan mutaxassislar bajaradilar.

3. Hamkor sport federatsiyalar faoliyatini Olamsport.com saytida professinonal tarzda yoritish. O'zbekistonda o'tadigan xalqaro sport musobaqalarini OAV tomonidan saviyali ko'rinishda o'tishini taminlash.


O'xshash yangiliklar


Nadirkhuja YuldashevMuallif
Manba: championat.asia