O'zbekiston yoshlar terma jamoasi o'rtoqlik uchrashuvida g'alaba qozondi

Aslanov Jasurbek
27 iyun 2020, 11:12
Xabaringiz bor, oktyabr oyida mamlaktimiz yoshlar o'rtasidagi Osiyo chempionatiga mezbonlik qiladi

Ayni kunlarda Temur Kapadze boshchiligidagi terma jamoamiz mazkur musobaqaga qizg'in hozirlik ko'rmoqda. Toshkentda tashkil etilgan o'quv-mashg'ulot yig'ini doirasida yoshlarimiz "Bunyodkor" o'rinbosarlariga qarshi o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazdi. Ushbu bahsda O'zbekiston yoshlar terma jamoasi 3:0 hisobida g'alaba qozondi. Gollarga esa Ulug'bek Hoshimov, Ibrohim Ibragimov, Davron Anvarovlar mualliflik qilishdi. Quyida o'yindan olingan fotosuratlarni tomosha qilishingiz mumkin.









O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Ufa.uz