O'zbekiston - Vetnam o'yini chiptalari 10 oktyabr kuni sotuvga chiqariladi

Narzulla Saydullayev
9 okt 2013, 10:38
OK-2015 saralash, 3-turi doirasidagi O'zbekiston hamda Vetnam milliy terma jamoalari o'rtasidagi o'yin chiptalari 10 oktyabr kuni sotuvga chiqariladi.
OK-2015 saralash, 3-turidan o'rin olgan O'zbekiston hamda Vetnam terma jamoalari o'rtasidagi o'yin chiptalarini 10 oktyabr kunidan boshlab o'yin bo'lib o'tadigan Paxtakor stadioni kassalaridan xarid qilishingiz mumkin. O'FF terma jamoalar markazi bergan ma'lumotga ko'ra, o'yin chiptalari narxi barcha sektorlar uchun (VIP hamda SIP toifalaridan tashqari) bir xil - 10 000 so'm qilib belgilangan.

Eslatib o'tamiz, O'zbekiston hamda Vetnam terma jamoalari o'rtasidagi uchrashuv 15 oktyabr kuni Toshkentdagi Paxtakor stadionida bo'lib o'tadi. Uchrashuv soat 18:00da boshlanadi.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: the-uff.com