Aleksey Evstafeev bosh murabbiyligidagi O'zbekiston U-19 yoshlar terma jamoasi yoshlar o'rtasidagi OCH-2014 saralash bahslarida ishtirok etish uchun 2 oktyabr kuni Qatar poytaxti Doxaga uchib ketgani xaqida xabar bergan edik. Ayni damda, O'zbekiston yoshlar terma jamoasi delegaciyasi Qatar poytaxtiga yetib keldi va Doxadagi Wyndham Regency mehmonxonasiga joylashgan.
O'zbekiston yoshlar terma jamoasi, 2 oktyabr kuni tushlikdan so'ng o'zining dastlabki mashg'ulotlarini o'tkazishni rejalashtirgan. Eslatib o'tamiz, Evstafeev shogirdlari Qatar poytaxti mezbonlik qilayotgan Osiyo chempionati saralash bahslarining A guruhida Qatar, Turkmaniston, Nepal hamda Hindiston terma jamoalari bilan kuch sinashadi.