O'zbekiston U-17 o'smirlari ikkinchi uchrashuvda Avstriya o'smirlariga mag'lub bo'ldi

Narzulla Saydullayev
7 sen 2013, 22:14
Avstriyada o'quv-mashg'uot yig'inini o'tkazayotgan O'zbekiston U-17 o'smirlar terma jamoasi 7 sentyabr kuni Avstriya o'smirlar terma jamoasiga qarshi ikkinchi o'rtoqlik uchrashuvida maydonga tushdi va yirik - 0:3 hisobida imkoniyatni boy berdi.
O'smirlar o'rtasidagi (U-17) jahon chempionatiga tayyorgarlik ko'rayotgan O'zbekiston U-17 o'smirlar terma jamoasi 4-9 sentyabr kunlari Avstriyada navbatdagi yig'inini o'tkazishi haqida xabar bergan edik. Mazkur yig'in davomida Nuraliev shogirdlari 5 hamda 7 sentyabr kunlari mezbon - Avstriya o'smirlar terma jamoasiga qarshi ikkita o'rtoqlik uchrashuvini o'tkazishi rejalashtirilgan edi.

Dishlod Nuraliev bosh murabbiyligidagi O'zbekiston o'smirlar terma jamoasi 5 sentyabr kuni Avstriyaga qarshi ilk uchrashuvida 1:1 hisobida durang o'ynagan edi. 7 sentyabr kuni terma jamoalar ikkinchi marotaba maydonga tushishdi va bu safar mezbonlar - Avstriya o'smirlar terma jamoasining qo'li balanda keldi - 3:0.

Eslatib o'tamiz, Dilshod Nuraliev bosh murabbiyligidagi O'zbekiston U-17 o'smirlar terma jamoasi shu yilning 17 oktyabr - 8 noyabr kunlari BAA mamlakatida bo'lib o'tadigan U-17 o'smirlar o'rtasidagi jahon chempionati final bosqichida ishtitrok etadi.

O'rtoqlik uchrashuvi. Purbax, Avstriya
7 sentbyar, shanba.

Avstriya (U-17) - O'zbekiston (U-17) - 3:0
Gollar:
Pellegrini (18), Grbich (43), Ripich (81)

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: the-uff.com