O'zbekiston U-16 terma jamoasi BAAda yig'in boshladi

Narzulla Saydullayev
21 apr 2014
Temur Olimxo'jaev boshchiligidagi O'zbekiston U-16 o'smirlar terma jamoasi 20 aprel kuni navbatdagi o'quv-mashg'ulot yig'inini o'tkazish uchun BAAning Dubay shahriga uchib ketdi.
Shu yilning sentyabr oyida Tailandda o'tkaziladigan U-16 o'smirlar o'rtasidagi Osiyo Chempionatiga tayyorgarlik bosqichidan o'rin olgan mazkur yig'in 26 aprel kuniga qadar davom etadi.

Takidlash joiz, Temur Olixo'jaev bosh murabbiyligidagi o'zbekistonlik o'smirlar Dubayda BAA U-16 o'smirlar terma jamoasiga qarshi ikkita o'rtoqlik uchrashuvini o'tkazadi. BAA o'smirlariga qarshi ilk o'yin 22 aprel kuni o'tkazilsa, 24 aprel kuni jamoalar ikkinchi bor o'zaro maydonga tushishadi.

Eslatib o'tamiz, O'zbekiston U-16 o'smirlar terma jamoasi shu yilning 6-20 sentyabr kunlari Tailand mamlakati mezbonlik qiladigan U-16 o'smirlar o'rtasidagi Osiyo Chempionatida ishtirok etadi. Qur'a natijalariga ko'ra, Olimxo'jaev shogirdlari musobaqaning S guruhida Kuvayt, Nepal va KXDR o'smirlariga qarshi maydonga tushadi.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: the-uff.com