Breaking news. O'zbekiston terma jamoasi Shvetsiya bilan o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazadi

Narzulla Saydullayev
13 avg 2021, 14:05
OFK kalendariga muvofiq, 30 avgustdan 7 sentyabrga qadar Osiyoda milliy terma jamoalar uchun FIFA kunlari bo'lib o'tadi.

FIFA kunlaridan unumli foydalanish maqsadida O'zbekiston milliy terma jamoasi ham ushbu muddat mobaynida Toshkent va Stokgolm shaharlarida o'quv-mashg'ulot yig'ini o'tkazadi.

Shuningdek, yig'in davomida vakillarimiz Shvetsiya milliy terma jamoasi bilan o'rtoqlik uchrashuvida maydonga tushadi. Mazkur bahsga 5 sentyabr sanasida Stokgolmdagi “Friends” stadioni mezbonlik qiladi.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: ufa.uz